Kompaniya haqida
UzRice – O‘zbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan sholichilik klasteri bo‘lib, ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega: dalalarda xomashyoni yetishtirishdan tortib quritish, chuqur qayta ishlash, kalibrlash, qadoqlash va tayyor mahsulotni tarqatishgacha.
Kompaniya mamlakatning asosiy agrar hududlaridan biri bo‘lgan Sirdaryo viloyatida 1000 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqaradi. Barcha jarayonlar an’anaviy dehqonchilik va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida amalga oshiriladi.
Sholi namligini aniq nazorat qilish va har bir partiyaning barqaror sifatini ta’minlaydigan ilg‘or uskunalarda quritish alohida bosqich hisoblanadi.
Sholining barqaror qishloq xo‘jaligi tamoyillari asosida yetishtirilgan va xalqaro sifat standartlariga javob beradigan “Lazer”, “Alanga”, “Mustaqillik” kabi sara navlari assortimentning asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari, UzRice chakana savdo, HoReCa va ulgurji mijozlar uchun yorma va dukkakli mahsulotlar ishlab chiqaradi: bulg‘or, grechka, manniy yormasi, perlovka, mosh, no‘xat, yasmiq, suli yormasi va boshqalar.
UzRicening hamkorlarga takliflari:
- xomashyoni yetishtirish jarayoninig to‘liq shaffofligi;
- har bir partiyaning standartlashtirilgan sifati;
- barcha bosqichlarda nazorat: yetishtirish → quritish → tozalash → saralash → qadoqlash → tarqatish (yetkazib berish);
- chakana savdo tarmoqlari, HoReCa va distribyutorlar uchun barqaror yetkazib berish hajmlari.
UzRice – keng turda yetkazib berilayotgan mahsulotlarning barqaror sifatiga ega ishonchli ishlab chiqarish hamkoridir.
Tariximiz
UzRice tarixi 2017-yilda Ibrohim Muratovning g‘oyasi asosida, oddiy, ammo aniq kuzatishlar natijasida boshlandi: xorijda palov tayyorlash uchun haqiqiy o‘zbek guruchini topish mushkul edi. Shu tariqa, mamlakatning tashrif qog‘oziga aylanadigan va jahon bozorida raqobatlasha oladigan mahsulot yaratish orzusi paydo bo‘ldi.
Tez orada jasorat harakatga aylandi: noldan boshlab zamonaviy qayta ishlash zavodi qurildi, unga $1,5 mlndan ortiq mablag‘ sarflandi. UzRice texnologik jarayonining yuragini Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya va Belgiya yetakchi kompaniyalarining uskunalari tashkil etdi. Birinchi yildayoq kompaniya tayyor mahsulotlarning dastlabki hajmini chiqardi.
2018-yil bahoridan yangi bosqich boshlandi: UzRice O‘zbekistondagi birinchi sholichilik klasteri maqomini oldi. Mamlakat Prezidentining bu qarori ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga turtki bo‘ldi. 700 gektar unumdor yer sholi, bug‘doy va arpa ekish uchun ajratilib, mahalliy fermerlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Mahsulot turlari
Guruch yetishtirish bizning asosiy yo‘nalishimiz bo‘lib qolsada, UzRice kundalik turmushda ham, professional oshpazlikda ham zarur tabiiy mahsulotlar qatorini kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda biz bulg‘ur va grechkadan tortib mosh, suli yormasi va tariqqacha bo‘lgan 18 turdagi yorma va dukkakli mahsulotlarni taklif etayapmiz.
Natijada:
- biz chakana savdo va HoReCa segmenti ehtiyojlarini birdek qoplayapmiz;
- kundalik ratsion uchun muvozanatli yechimlarni shakllantiryapmiz;
- ichki bozorni mustahkamlab, eksportni ko‘paytiryapmiz;
- diversifikatsiya orqali biznesning barqarorligini ta’minlayapmiz.
Bizning o‘zgarmas tamoyilimiz: har bir qadoqda sifat, xavfsizlik va tabiiylik mujassam.
Ishlab chiqarish va barqarorlik
Bizning asosiy ustuvor vazifamiz – ekologik tozalik va resurslardan oqilona foydalanish:
- guruch qipig‘i yoqilg‘i granulalariga qayta ishlanmoqda, bu esa ishlab chiqarishni chiqindisiz va energiya tejamkor qiladi;
- suvni tejash va zamonaviy dehqonchilik texnologiyalari joriy etilmoqda;
- barcha jarayonlar ISO xalqaro standartlariga javob beradi.
Shu tariqa, biz odamlarga foyda keltiradigan va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladigan mahsulot yaratamiz.
Jamoa va sifat nazorati
Bugungi kunda UzRice jamoasida 150 nafardan ortiq doimiy xodim bo‘lib, ularning mehnati kompaniyaning asosini tashkil etadi va mintaqaning ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashadi. Mavsumda ishlab chiqarishga yana 50 nafardan ortiq vaqtinchalik ishchilar qo‘shiladi, bu esa mahalliy aholi uchun moslashuvchanlik va bandlikni ta’minlaydi.
Sifatni faqat professionallarga ishonamiz. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyamizda har kuni donning tozaligi, namligi va tarkibi tekshiriladi. Mahsulotlarning har bir partiyasi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha qat’iy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bunday yondashuv UzRice mahsulotlari hatto eng talabchan hamkorlarning ham talablariga javob berishini kafolatlaydi.
Fermerlar bilan hamkorlik
UzRice klasteri 80 dan ortiq fermer xo‘jaliklarini birlashtiradi, ular bilan uzoq muddatli va shaffof shartnomalar asosida ishlaymiz. Bunday yondashuv fermerlar va kompaniya uchun birdek barqarorlikni ta’minlaydi.
Biz hamkorlarimizni urug‘lik, agronomiya bo‘yicha maslahatlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biz birgalikda barqaror agroekotizimni shakllantiramiz, bunda biznes ham, jamiyat ham yutadi.
Savdo va distributsiya
UzRice mahsulotlari butun mamlakat bo‘ylab 2700 dan ortiq savdo nuqtalarida taqdim etilgan va HoReCa segmentiga faol yetkazib berilmoqda. Bu uy bekasidan tortib professional oshpazgacha bo‘lgan har bir iste’molchi uchun qulaylikni ta’minlaydi.
Maqsadimiz yagona: bozorga ekologik toza, barqaror va sifatli mahsulotni taklif qilish, mamlakat ichida ishonchni mustahkamlash va eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish.
Aloqa
Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki ko‘rsatilgan manzillarga tashrif buyuring – biz doimo aloqadamiz va hamkorlikka tayyormiz.
- Sirdaryo viloyatidagi ishlab chiqarish maydonchasi: Sirdaryo tumani, Paxtazor QFY, 51-uy
- Ofis: Toshkent shahar, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 73
- +998 95 290-09-91
- Info@uzrice.ru
- Dushanba – shanba: 09:00 – 20:00